35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yangi Choshtepa” saylov okrugi deputatidan amaliy tashrif!
янв.21
I. Xudaykulov tomonidan navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.
янв.21
🏢 Maktab hududidan o‘tgan issiqlik quvirlari ta’mirlanmoqda va bu ta’mirlash ishlari nazoratda!
янв.21
🌿 Obodlik ko‘ngildan boshlanadi.
янв.21
✨ "Qadriyatlar ulugʻlangan yurt" — Yangihayotda bayram shukuhijoʻsh urmoqda!
янв.21
🏫 Yangihayot tumanidagi 335-sonli umumta'lim maktab yangi oʻquv yiliga qanday tayyorgarlik koʻrmoqda?
янв.21
📌 Jamoatchilik nazorati: Tashqi reklamalarni tartibga solish va davlat tili ustuvorligi ta'minlanmoqda!
янв.21
Deputatlar nazorati: Yangi oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik!
янв.21
Yoshlar taqdiriga beeʼtibor emaslik: Yana bir muammo oʻz yechimini topdi!
янв.21
📌 Deputatlar nazorati: 330-maktabda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik
Hokim yordamchisi faoliyati deputatlar nazoratida
Shundan so‘ng, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar Kengashning 10-“Navro‘z” saylov okrugi deputati X.Xolmuminov okrugiga qarashli “Baynalminal” mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash holati, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jumladan, 4-ustuvor yo‘nalish doirasida hokim yordamchisining faoliyati, uning tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash, xonadonlarning daromadlarini oshirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlari tahlil qilindi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–328-son Qonuni talablari asosida ko‘rib chiqilib, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning muammolarini o‘rganish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida aholi bilan individual ishlash, xonadonbay o‘rganish natijasida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, tadbirkorlikka qiziqishi mavjud fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, hokim yordamchisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hududning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.