35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yangi Choshtepa” saylov okrugi deputatidan amaliy tashrif!
янв.21
I. Xudaykulov tomonidan navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.
янв.21
🏢 Maktab hududidan o‘tgan issiqlik quvirlari ta’mirlanmoqda va bu ta’mirlash ishlari nazoratda!
янв.21
🌿 Obodlik ko‘ngildan boshlanadi.
янв.21
✨ "Qadriyatlar ulugʻlangan yurt" — Yangihayotda bayram shukuhijoʻsh urmoqda!
янв.21
🏫 Yangihayot tumanidagi 335-sonli umumta'lim maktab yangi oʻquv yiliga qanday tayyorgarlik koʻrmoqda?
янв.21
📌 Jamoatchilik nazorati: Tashqi reklamalarni tartibga solish va davlat tili ustuvorligi ta'minlanmoqda!
янв.21
Deputatlar nazorati: Yangi oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik!
янв.21
Yoshlar taqdiriga beeʼtibor emaslik: Yana bir muammo oʻz yechimini topdi!
янв.21
📌 Deputatlar nazorati: 330-maktabda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik
“Xonchorbog‘” mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
📝 “Xonchorbog‘” mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi

Murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qo‘ziyev Ravshan Raimovich hamda Kengash kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan “Xonchorbog‘” mahallasida fuqaroning murojaati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida fuqaro tomonidan bildirilgan murojaatning mazmun-mohiyati, unda ko‘tarilgan masalalar hamda mavjud holat joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.

🗣 Fuqaro bilan suhbat davomida murojaat yuzasidan batafsil ma’lumotlar tinglanib, masalani qonuniy tartibda hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

⚖️ Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son Qonuni talablariga hamohangdir. Ushbu Qonun fuqarolarning murojaat qilish huquqini, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini hamda murojaat qiluvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi. 

📌 O‘rganish yakunida murojaatda ko‘tarilgan masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, qonuniy yechimini ta’minlash hamda fuqaroning murojaati yuzasidan belgilangan tartibda ish olib borish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 6