Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon shahar bo‘linmasi rahbari X. Xolmatov tomonidan xodimlar ishtirokida “Siyosiy-ma’rifat soati”ning 34-soni o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar hamda bugungi kunning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir davomida xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, mamlakatimizda ro‘y berayotgan muhim yangiliklardan xabardorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur mashg‘ulot xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qildi.