Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari Avazbek Appaqov va Malikjon Jalolov tomonidan Qayrag‘ochtagi MFY hududidagi 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amaliy o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, hududning obodonlashtirilishi, sanitariya holati va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Maktab hududini yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash, obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.