Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida!
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari Avazbek Appaqov va Malikjon Jalolov tomonidan Qayrag‘ochtagi MFY hududida joylashgan 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida maktabning 2026–2027-o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun ko‘rilayotgan choralar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim muassasasini yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.