35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏫 Yangihayot tumanidagi 335-sonli umumta'lim maktab yangi oʻquv yiliga qanday tayyorgarlik koʻrmoqda?
янв.21
📌 Jamoatchilik nazorati: Tashqi reklamalarni tartibga solish va davlat tili ustuvorligi ta'minlanmoqda!
янв.21
Deputatlar nazorati: Yangi oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik!
янв.21
Yoshlar taqdiriga beeʼtibor emaslik: Yana bir muammo oʻz yechimini topdi!
янв.21
📌 Deputatlar nazorati: 330-maktabda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik
янв.21
📢 “Chorog‘on” mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Yangihayot tumanida bolalar maydonchasi va sugʻorish tizimi yangilanadi
янв.21
📢 Xushnud mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
📢 Yangihayot tumani Yangi Umid mahallasida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi
янв.21
Yangihayot tumani 22-“Fayzli” okrugi deputati Akbarov Nariman Xasanovich tomonidan aholi murojaatlari asosida rasmiy soʻrov yuborildi.
#Deputat_sorovi

Murojaatda Tallashqon mahallasi Xo‘jqi qishlog‘idagi ayrim yashash uylari ustidan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i o‘tganligi, mazkur holat esa aholi hayoti, sog‘lig‘i hamda mol-mulki xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan elektr uzatish tarmog‘ini boshqa xavfsiz hududga ko‘chirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Unda masalani joyiga chiqqan holda batafsil o‘rganish, mavjud holatga huquqiy va texnik baho berish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida zarur choralarni ko‘rish hamda ko‘rilgan ishlar natijalari yuzasidan belgilangan tartibda asoslantirilgan javob taqdim etish so‘raldi.

Fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va samarali yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, mazkur masala deputat nazoratida saqlanadi.

Slide 1 of 2