35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Jamoatchilik nazorati: Tashqi reklamalarni tartibga solish va davlat tili ustuvorligi ta'minlanmoqda!
янв.21
Deputatlar nazorati: Yangi oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik!
янв.21
Yoshlar taqdiriga beeʼtibor emaslik: Yana bir muammo oʻz yechimini topdi!
янв.21
📌 Deputatlar nazorati: 330-maktabda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik
янв.21
📢 “Chorog‘on” mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Yangihayot tumanida bolalar maydonchasi va sugʻorish tizimi yangilanadi
янв.21
📢 Xushnud mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
📢 Yangihayot tumani Yangi Umid mahallasida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi
янв.21
Yangihayot tumani 22-“Fayzli” okrugi deputati Akbarov Nariman Xasanovich tomonidan aholi murojaatlari asosida rasmiy soʻrov yuborildi.
янв.21
📌 DEPUTAT SOʻROVI: “YANGI DARXON”DA ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI NAZORATDA
Munosabat

Qo‘shko‘pir tumani
Munosabat

Prezident Shavkat Mirziyoevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti

2026 yil 18 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakat tadbirkorlari bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvi yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Ushbu ochiq muloqot  tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Deputatlik faoliyatimizda ushbu muloqotda belgilangan vazifalarni qonunchilik  nazorati vositalari orqali qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarning joylarda samarali amalga oshirilishini nazorat qilish muhim vazifalardan biri bo‘ladi.

Biz, deputatlar, ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagan holda, hududlarda tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarning amalda samarali ishlashi, yangi loyihalarning ro‘yobga chiqishi, aholi bandligi va farovonligining oshishiga munosib hissa qo‘shishimiz lozim.

Tangriberganov Maxmud  Ollaqulievich
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi  raisi, deputat