35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yangi Choshtepa” saylov okrugi deputatidan amaliy tashrif!
янв.21
I. Xudaykulov tomonidan navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.
янв.21
🏢 Maktab hududidan o‘tgan issiqlik quvirlari ta’mirlanmoqda va bu ta’mirlash ishlari nazoratda!
янв.21
🌿 Obodlik ko‘ngildan boshlanadi.
янв.21
✨ "Qadriyatlar ulugʻlangan yurt" — Yangihayotda bayram shukuhijoʻsh urmoqda!
янв.21
🏫 Yangihayot tumanidagi 335-sonli umumta'lim maktab yangi oʻquv yiliga qanday tayyorgarlik koʻrmoqda?
янв.21
📌 Jamoatchilik nazorati: Tashqi reklamalarni tartibga solish va davlat tili ustuvorligi ta'minlanmoqda!
янв.21
Deputatlar nazorati: Yangi oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik!
янв.21
Yoshlar taqdiriga beeʼtibor emaslik: Yana bir muammo oʻz yechimini topdi!
янв.21
📌 Deputatlar nazorati: 330-maktabda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT VA DOIMIY KOMISSIYA HAMKORLIGI DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ularning faoliyatini o‘rganish hamda xavfsizlik masalalariga oid vazifalar ijrosini nazorat qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

🔎 Shu doirada doimiy komissiya a’zosi, tuman Kengashi deputati M. Pardayev O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Pastdarg‘om tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 19-son yong‘in-qutqaruv qismida bo‘lib, muassasaning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🚒 Tashrif davomida yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, qutqaruvchilarning xizmat faoliyati hamda aholi xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar haqida ma’lumot olindi.

🤝 Shuningdek, tashkilot va doimiy komissiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, mavjud masalalarni o‘rganish hamda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 8