35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Jamoatchilik nazorati: Tashqi reklamalarni tartibga solish va davlat tili ustuvorligi ta'minlanmoqda!
янв.21
Deputatlar nazorati: Yangi oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik!
янв.21
Yoshlar taqdiriga beeʼtibor emaslik: Yana bir muammo oʻz yechimini topdi!
янв.21
📌 Deputatlar nazorati: 330-maktabda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik
янв.21
📢 “Chorog‘on” mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Yangihayot tumanida bolalar maydonchasi va sugʻorish tizimi yangilanadi
янв.21
📢 Xushnud mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
📢 Yangihayot tumani Yangi Umid mahallasida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi
янв.21
Yangihayot tumani 22-“Fayzli” okrugi deputati Akbarov Nariman Xasanovich tomonidan aholi murojaatlari asosida rasmiy soʻrov yuborildi.
янв.21
📌 DEPUTAT SOʻROVI: “YANGI DARXON”DA ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI NAZORATDA
DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH OLIB BORDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “21-Samarqand” saylov okrugi deputati T.To‘ychiboyev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonovlar tomonidan “Saidabod” mahalla fuqarolar yig‘inining “Yangiyer” ko‘chasida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ko‘chaning mavjud infratuzilmasi ko‘zdan kechirilib, aholi bilan muloqot qilindi.

Muloqot davomida fuqarolar V.Nurmatov hamda U.Abduraximovlar tomonidan ko‘chada ichimlik suvi ta’minoti mavjud emasligi, shu sababli aholi kundalik ehtiyoji uchun ichimlik suvini
1 km masofadan tashib iste’mol qilayotgani ma’lum qilindi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida hududda:
🔹 1 dona ichimlik suvi qudug‘ini qazish;
🔹 ichimlik suvi minorasi o‘rnatish;
🔹 ichimlik suvi tarmog‘ini tortish zarurligi yuzasidan murojaat bildirildi.

Aniqlangan mazkur masala deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish" daftariga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi. 

Slide 1 of 5