35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Jamoatchilik nazorati: Tashqi reklamalarni tartibga solish va davlat tili ustuvorligi ta'minlanmoqda!
янв.21
Deputatlar nazorati: Yangi oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik!
янв.21
Yoshlar taqdiriga beeʼtibor emaslik: Yana bir muammo oʻz yechimini topdi!
янв.21
📌 Deputatlar nazorati: 330-maktabda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik
янв.21
📢 “Chorog‘on” mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Yangihayot tumanida bolalar maydonchasi va sugʻorish tizimi yangilanadi
янв.21
📢 Xushnud mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
📢 Yangihayot tumani Yangi Umid mahallasida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi
янв.21
Yangihayot tumani 22-“Fayzli” okrugi deputati Akbarov Nariman Xasanovich tomonidan aholi murojaatlari asosida rasmiy soʻrov yuborildi.
янв.21
📌 DEPUTAT SOʻROVI: “YANGI DARXON”DA ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI NAZORATDA
Mustaqillik – mahalladagi tinchlik, farovonlik va hamjihatlikda namoyon
#Mustaqillikka_35_yil #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿Mustaqillik – mahalladagi tinchlik, farovonlik va hamjihatlikda namoyon

📝 Mahalla tizimida qariyb o‘ttiz yildan beri faoliyat yuritaman. Shu yillar davomida bir haqiqatni angladim: xalq davlatni, avvalo, mahallada his qiladi. Mahallada adolat, e’tibor va g‘amxo‘rlik bo‘lsa, odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchi ham mustahkam bo‘ladi.

📁 Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mahalla xalq bilan davlatni bog‘laydigan eng mustahkam ko‘prikka aylandi. "Mahalla yettiligi" tizimi esa aholi muammolarini joyida hal qilish, har bir oila va inson taqdiriga yaqindan yondashish imkonini bermoqda. Hamjihatlikdagi ishlarimiz natijasida mahallamiz so‘nggi to‘rt yil davomida ishsizlik, jinoyatchilik va oilaviy ajrimlardan xoli hudud sifatida e’tirof etilmoqda. Bugun 548 ta xonadonda o‘ndan ortiq millat vakillari ahil va totuv yashaydi, 100 dan ziyod tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. Yangi ish o‘rinlari yaratilib, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda.

📉 Mahallalarda obodlik va ozodalikni rag‘batlantirish, "Eng orasta xonadon", "Eng fayzli hovli", "Eng obod ko‘cha" va "Eng namunali mahalla" kabi tashabbuslarning joriy etilgani ham aholining yurt taqdiriga daxldorlik hissini yanada kuchaytirmoqda. To‘y va oilaviy marosimlarni ixcham, fayzli va ortiqcha isrofsiz o‘tkazishga qaratilgan tashabbuslar ham xalqimiz manfaatiga xizmat qilmoqda. Zero, to‘yning ko‘rki isrofda emas – duoda, oilaning baxti dabdabada emas – mehr-oqibatdadir.

🔎 Eng katta yutug‘imiz – tinch va osuda mahallalarimiz, ahil oilalarimiz, mehnatkash va rozi xalqimiz ekanini yana bir bor his qilamiz. Rozi xalq – davlatning eng katta boyligi. Kuchli mahalla esa ana shu boylikni asraydigan mustahkam qo‘rg‘ondir. Yangi O‘zbekistonning 35-yillik mustaqillik bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati — Muxtor Ilhomov

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1