35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘RQ-474-son Qonuni (12.04.2018-yil) ijrosi
янв.21
Yangihayot tumanida aholi muammolarini o'rganish va ularga o'z vaqtida yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 4-“Tashabbus” saylov okrugi deputati X.Tillayev fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash hamda mavjud muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida masʼul shaxslar bilan muloqot oʻtkazdi.
янв.21
8-“Marhamat” saylov okrugi deputati B. Mirzoqulov oʻz saylovoldi dasturida belgilangan vazifalari ijrosi
янв.21
📢 “Ochiq budjet”: Yangihayot tumanida 2-mavsum uchun 71 ta loyiha kelib tushdi!
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi (O‘RQ-641-son) qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari U.Nishanbekova, X. Kuchkarova hamda N.Shevchenko tomonidan Yangihayot tumanida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari U. Nishanbekova va N.Shevchenko fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolar va e’tirozlarning tub sabablarini o‘rganish maqsadida tuman Adliya bo‘limida bo‘ldilar.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati X.Tillayevning tashabbusi bilan Yangi Umid mahallasida tashkil etildi
янв.21
Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati X.Tillayev tomonidan oʻz saylov oldi dasturi doirasida va oʻz saylov okrugi hududida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yoʻnalishi asosida hududiy oʻrganishlar olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlarining tuman hokimligi masʻul rahbarlari bilan birgalikda saylangan okrugida 2026-yil AVGUST oyida oʻtkaziladigan uchrashuvlar jadvali ijrosi
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA MUROSASIZ YONDASHUV — SARDОBA TUMANIDAGI HOLAT MUHOKAMADA

Sayyor majlisda tumanda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda mavjud muammolar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.
Afsuski, ko‘rilayotgan tizimli choralarga qaramay, tuman hududida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarga hali to‘liq barham berilmagan.
Joriy yilning 7 oyida korrupsiyaga oid holatlar yuzasidan 9 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 15 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 nafarga ko‘p. Mansabdorlik bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha davlat, jamiyat va fuqarolar manfaatlariga 729,2 mln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan bo‘lib, shundan 679,2 mln so‘mi yoki 93 foizi tergov jarayonida undirib olingan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarning: 11 nafari o‘zganing mulkini talon-toroj qilish; 1 nafari pora berish; 1 nafari firibgarlik; 2 nafari hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish jinoyatlarini sodir etgan.
Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, maktabgacha va maktab ta’limi, madaniyat, suv xo‘jaligi hamda bandlik kabi sohalarda korrupsiya va mansabdorlik bilan bog‘liq jinoyatlar yuqoriligicha saqlanib qolayotgani qayd etildi. Majlisda madaniyat sohasidagi holatga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Sardoba tumanidagi 9-son bolalar musiqa va san’at maktabida mansabdor shaxslar tomonidan budjet mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilgani ta’kidlandi.
Shuningdek, mahallalardagi hokim yordamchilari faoliyatida imtiyozli va maqsadli kredit mablag‘laridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlar ham muhokama qilindi. Joriy yilning 7 oyida ushbu yo‘nalishda 1 ta korrupsiyaviy jinoyat aniqlanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 127,1 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani qayd etildi.
P.Axmedjanova majlis davomida korrupsiyaga qarshi kurashishda faqat sodir etilgan jinoyatlarni aniqlash va jazolash bilan cheklanib qolmasdan, korrupsiyaga olib kelayotgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash, ularning oldini olish hamda har bir sohada shaffoflikni ta’minlash zarurligiga alohida urg‘u berdi.
Hududiy Kengash raisi tomonidan mas’ul rahbarlarga korrupsiyaviy xavflarni chuqur tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, budjet va kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanishni ta’minlash hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Sayyor majlisda muhokama qilingan masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
P.Axmedjanova: “Korrupsiyaga qarshi kurash — alohida tashkilotning emas, butun tizimning doimiy va qat’iy vazifasi.”

Slide 1 of 9