35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 “Chorog‘on” mahallasida fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Yangihayot tumanida bolalar maydonchasi va sugʻorish tizimi yangilanadi
янв.21
📢 Xushnud mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
📢 Yangihayot tumani Yangi Umid mahallasida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi
янв.21
Yangihayot tumani 22-“Fayzli” okrugi deputati Akbarov Nariman Xasanovich tomonidan aholi murojaatlari asosida rasmiy soʻrov yuborildi.
янв.21
📌 DEPUTAT SOʻROVI: “YANGI DARXON”DA ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI NAZORATDA
янв.21
Yangihayot tumani 22-“Fayzli” okrugi deputati Nariman Xasanovich Akbarov tomonidan fuqarolar murojaati asosida tuman hokimi o‘rinbosari I.Xushvaqtovga rasmiy deputat soʻrovi yuborildi.
янв.21
📌 Chorbogʻ mahallasida fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi
янв.21
Yangi Darxon MFYda fuqarolar murojaatlari oʻrganildi
янв.21
Yangi Darxon mahallasida deputat patronaj xodimlari bilan uchrashdi
#nazorat tadbiri
Yozning issiq kunlarida hududlarda sanitar-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqib ketilishini nazorat qilish Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari va kotibiyatining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda.

📌 Shunday navbatdagi amaliy o‘rganish "Chambil" mahallasida o‘tkazildi.
Kengash kotibiyati xodimlari Sevar Qodirova hamda Muhriddin Begmatov tomonidan mahalladagi chiqindi yig‘ish shoxobchalari va hududning sanitar holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish natijalari: Hududda sanitar holat qoniqarli darajada ekani, issiq kunlarda chiqindilar to‘planib qolishining oldi olinayotgani hamda biriktirilgan “Angren Bunyod Fayz” MChJ tomonidan chiqindilar o‘z vaqtida va jadval asosida olib chiqib ketilayotgani kuzatildi.

🏛 Kengash faoliyati haqida:
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi va uning Kotibiyati shahar hududida aholi turmush farovonligini oshirish, kommunal va xizmat ko‘rsatish sohalari sifatini yaxshilash yuzasidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini izchil davom ettiradi. Bunday nazorat tadbirlari barcha mahallalarda bosqichma-bosqich o‘tkazib boriladi.
Slide 1 of 5