35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
✅Deputat so’roviga ijobiy javob olindi: “Binokor” MFYdagi chiqindixona muammosi hal etildi
янв.21
#️⃣ Yangihayotda aholi muammolari doimiy eʼtiborda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi raisi S.Vafayev Kengash kotibiyati mudiri X.Dadabayev va bosh mutaxassisi D.Xursandova bilan muloqot oʻtkazdi.
янв.21
🔔 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi: Doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
🛡 YANGIHAYOT TUMANI FVB: 2026-YIL II CHORAK HISOBOTI
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi raisi S.Vafayev "Dolzarb 40 kunlik" doirasida oʻrganish olib bordi
янв.21
🇺🇿 "Mustaqilligimizning 35 yilligini obod va fayzli mahallalarda kutib olishimiz kerak" — Hayot Inogamov
янв.21
📌 20-“Doʻstlik” saylov okrugi deputati I.Xudaykulov SAYLOVCHILAR BILAN DOIMIY MULOQOTda
янв.21
Daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish va daraxtlarni xatlovdan oʻtkazishda vakolatli davlat tashkilotlari ro`yxati
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 10-Zarbdor okrugi deputati G. Djumaniyazova "Zarbdor" mahallasida
Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi

 Bunyodkor mahallasida maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi muhokama qilindi 

  

Uchrashuv davomida Bunyodkor mahallasi ko‘chaboshisi S.Panayev tomonidan hududdagi maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib
ketilmayotgani yuzasidan murojaat bildirildi.
Mazkur masala yuzasidan deputat mahalla faollari va oqsoqollariga tushuntirish berib, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qaroriga muvofiq chiqindi olib chiqish xizmati tomonidan faqat maishiy chiqindilar olib chiqilishi belgilanganini ta'kidladi. Dehqon xo‘jaligi faoliyati hamda qurilish ishlari natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarni olib chiqish xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning majburiyatiga kirmasligi, bunday chiqindilar alohida shartnoma
asosida olib chiqilishi ma'lum qilindi.
Shuningdek, faqat maishiy chiqindilar belgilangan tartibda chiqarib borilgan taqdirda,
chiqindi tashuvchi maxsus texnikalar o‘z ish rejasidan chetga chiqmasdan xizmat ko‘rsatishi va hududlarda chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish imkoniyati yaratilishi ta'kidlandi.
  

Slide 1 of 3