35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🇺🇿 "Mustaqilligimizning 35 yilligini obod va fayzli mahallalarda kutib olishimiz kerak" — Hayot Inogamov
янв.21
📌 20-“Doʻstlik” saylov okrugi deputati I.Xudaykulov SAYLOVCHILAR BILAN DOIMIY MULOQOTda
янв.21
Daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish va daraxtlarni xatlovdan oʻtkazishda vakolatli davlat tashkilotlari ro`yxati
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 10-Zarbdor okrugi deputati G. Djumaniyazova "Zarbdor" mahallasida
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish ishlari
янв.21
“Yangihayot tumanida 2026-yil yakuniga qadar va 2027-yilda amalga toshiriladigan chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida” 2026-yil 29-iyuldagi  II-32-71-14-220-K/26-son qarori
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashidagi 6- Yangihayot saylov okrugi deputati D. Xursandova oʻz saylov okrugida oʻrganish oʻtkazdi.
янв.21
G. Djumaniyazova "Zarbdor" mahallasida
янв.21
📢 Deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligida
янв.21
Nuroniylar – yurt tayanchi, ibrat maktabi! 🌸
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raximovga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan ingliz tili, matematika hamda raqs to‘garaklari faoliyati ham yaqindan ko‘zdan kechirildi.

 To‘garaklarda o‘quvchilarning bilim va iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar zamonaviy yondashuvlar asosida
samarali tashkil etilgani qayd etildi. Ayniqsa, ingliz tili va matematika fanlari bo‘yicha xalqaro hamda milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarning soni ko‘pligi ta’lim sifati yuqori darajada yo‘lga qo‘yilganining yorqin isbotidir.
E’tiborlisi, mazkur to‘garaklarning samaradorligi tufayli nafaqat ushbu maktab, balki qo‘shni mahalla va boshqa hududlardagi o‘quvchilar ham bu yerga kelib, bilim olishga intilayotgani kuzatildi. Bu esa pedagoglarning yuksak malakasi, mashg‘ulotlarning sifatli tashkil etilgani
hamda ta’lim muassasasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar natijasidir.
Shuningdek, raqs to‘garagida ham o‘quvchilarning
ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilgani qayd etildi.
  

Slide 1 of 7