35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🇺🇿 "Mustaqilligimizning 35 yilligini obod va fayzli mahallalarda kutib olishimiz kerak" — Hayot Inogamov
янв.21
📌 20-“Doʻstlik” saylov okrugi deputati I.Xudaykulov SAYLOVCHILAR BILAN DOIMIY MULOQOTda
янв.21
Daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish va daraxtlarni xatlovdan oʻtkazishda vakolatli davlat tashkilotlari ro`yxati
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 10-Zarbdor okrugi deputati G. Djumaniyazova "Zarbdor" mahallasida
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish ishlari
янв.21
“Yangihayot tumanida 2026-yil yakuniga qadar va 2027-yilda amalga toshiriladigan chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida” 2026-yil 29-iyuldagi  II-32-71-14-220-K/26-son qarori
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashidagi 6- Yangihayot saylov okrugi deputati D. Xursandova oʻz saylov okrugida oʻrganish oʻtkazdi.
янв.21
G. Djumaniyazova "Zarbdor" mahallasida
янв.21
📢 Deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligida
янв.21
Nuroniylar – yurt tayanchi, ibrat maktabi! 🌸
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Sariosiyoda obodonlashtirish ishlarida deputatlar ham faol ishtirok etmoqda
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Sariosiyoda obodonlashtirish ishlarida deputatlar ham faol ishtirok etmoqda


Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini mahallabay tashkil etish, hududlarni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish hamda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish maqsadida Sariosiyo tumanida "Mahalla obodligi va mehr-sahovat oyligi" doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur tadbirlar Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 41-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida ham tashkil etilmoqda. Jarayonda tuman Kengashi deputatlari, mahalla faollari, nuroniylar, Keksalar maslahat guruhi a’zolari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, hududlarni obod etish yo‘lida munosib hissa qo‘shmoqda.
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining "1-Sangardak" saylov okrugidan saylangan deputat S.Qosimov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Nasritdinov, faol nuroniylar, Keksalar maslahat guruhi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirokida xonadonbay va ko‘chabay obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
Hashar davomida ichki ko‘chalar, piyodalar yo‘laklari, ariq va zovurlar chiqindilardan tozalanib, qabristonlar hamda ziyoratgohlar obodonlashtirildi. Shuningdek, daraxtlar va yo‘l bo‘yidagi devorlar oqlanib, hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhitni ozoda saqlash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borildi.
Bundan tashqari, ko‘chat ekish, gulzorlar barpo etish, mavjud yashil hududlarni kengaytirish va parvarishlash ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Mahalla aholisining tashabbuskorligi va hamjihatligi bilan amalga oshirilayotgan bunday ezgu tadbirlar hududlarning yanada ko‘rkam qiyofa kasb etishi, ekologik muhitning yaxshilanishi hamda aholi uchun yanada qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.
Hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasidagi bunday amaliy ishlar kelgusida ham izchil davom ettirilib, mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash, ozodalik va tartibni ta’minlash, fuqarolarning yashash sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar muntazam qo‘llab-quvvatlanadi.
Slide 1 of 3