HAFTALIK DAYJEST:
Yakunlanayotgan haftada Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar sarhisobi bilan tanishing:
🏡 Saylovchilar murojaatlari – doimiy e'tiborda!
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 9-G‘o‘rin–Hakimobod saylov okrugi deputati Y. Shoymanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Hakimobod” mahallasida mahalla yettiligi a'zolari bilan birgalikda saylovchilar xonadonlariga uyma-uy tashriflar amalga oshirilmoqda.
🏛 Sessiya kun tartibidagi masala deputatlar tomonidan o‘rganildi
📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov hamkorligida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
🏛 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
📝 Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, tumandagi davlat organlari va tashkilotlari tuzilmalarida norma ijodkorligi faoliyatini tashkil etish hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan 2026-yilning II choragi yakunlari muhokama qilinmoqda.
🏛 Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi
📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi
25-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov mahallalarda faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🏫 Ta’lim muassasasidagi mavjud sharoitlar va dolzarb masalalar muhokama qilindi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 20-Mehrabod saylov okrugi deputati J. Qodirrovning saylov okrugiga qarashli 6-son umumta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi.
🛣 Ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari o‘rganildi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 9-G‘o‘rin-Hakimobod saylov okrugi deputati Y. Shoymanov bilan birgalikda Hakimobod mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube