35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
✅Deputat so’roviga ijobiy javob olindi: “Binokor” MFYdagi chiqindixona muammosi hal etildi
янв.21
#️⃣ Yangihayotda aholi muammolari doimiy eʼtiborda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi raisi S.Vafayev Kengash kotibiyati mudiri X.Dadabayev va bosh mutaxassisi D.Xursandova bilan muloqot oʻtkazdi.
янв.21
🔔 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi: Doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
🛡 YANGIHAYOT TUMANI FVB: 2026-YIL II CHORAK HISOBOTI
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi raisi S.Vafayev "Dolzarb 40 kunlik" doirasida oʻrganish olib bordi
янв.21
🇺🇿 "Mustaqilligimizning 35 yilligini obod va fayzli mahallalarda kutib olishimiz kerak" — Hayot Inogamov
янв.21
📌 20-“Doʻstlik” saylov okrugi deputati I.Xudaykulov SAYLOVCHILAR BILAN DOIMIY MULOQOTda
янв.21
Daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish va daraxtlarni xatlovdan oʻtkazishda vakolatli davlat tashkilotlari ro`yxati
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 10-Zarbdor okrugi deputati G. Djumaniyazova "Zarbdor" mahallasida
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🏗️ Bunyodkorlik ishlari nazorat qilindi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 20-Mehrabod saylov okrugi deputati J. Qodirrovning saylov okrugiga qarashli “Mehrabod” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishidagi loyihalar hamda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar holati ko‘zdan kechirildi.

🏫 Shuningdek, “Mehrabod” mahallasi hududida qurilayotgan 330 o‘rinli yangi umumta’lim maktabi qurilish jarayoni bilan tanishilib, obyektning belgilangan talablar asosida barpo etilishi, qurilish ishlarining borishi va sifat ko‘rsatkichlari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

📝 O‘rganish yakunida qurilish va bunyodkorlik ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash, aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3