35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar 45-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida
янв.21
Deputatlarning navbatdagi manzili — “Tashabbusli budjet” (Open Budget) loyihasida gʻolib chiqib, ayni paytda qurilish-taʻmirlash ishlari qizgʻin olib borilayotgan 3-sonli umumtaʻlim maktabi
янв.21
#Dolzarb_40_kun "Binokor" MFY da
янв.21
Tuman hokimi, 1-Choshtepa saylov okrugi deputati X.Inogamov o‘z okrugidagi "Choshtepa" mahallasida
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
янв.21
"Yangihayot" mahallasida fuqarolarning muammolari oʻrganildi
янв.21
⚡️ Navbatdagi sessiya oldidan Doimiy komissiya a’zolari SEO JSX bo‘limi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 "Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari
янв.21
"Choshtepa" okurgida sayyor qabul boʻlib oʻtdi
янв.21
✨ Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatidan amaliy yordam!
#o'quv seminar #uslubiy ko'mak

✍️Olmaliq shahrida deputatlarning faoliyat samaradorligini oshirish, hududiy muammolarni tizimli hal etish hamda qonunlar ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda xalq vakillarining ishini to‘g‘ri tashkil etish va ularga amaliy ko‘mak berish bo‘yicha quyidagi muhim vazifalar belgilab berildi va tavsiyalar berildi:
⚖️Shahar hududida 162 ta qonun ijrosini maxsus savolnomalar asosida tizimli o‘rganish ishlarini tashkil qilish;
🛡Har bir deputat o‘z saylov okrugida 24 ta yo‘nalish bo‘yicha nazorat tadbirlarini yo‘lga qo‘yishi;
📌Kengash raisi tomonidan har bir deputatga Kotibiyatdan xodimlar biriktirilishi hamda ularga doimiy ravishda uslubiy yordam ko‘rsatib borilishi vazifasi yuklatildi;
📌Deputatlarning kunlik bajargan ishlari muntazam ravishda tahlil qilib boriladi;
Hujjatlar bilan ishlash: O‘rganish jarayonlarida xalq vakillari tomonidan "Deputat o‘rganish jurnali"dan samarali foydalanish.

🎖Faollar munosib taqdirlandi
Seminar yakunida Kengash tomonidan amalga oshirilgan ishlar ham sarhisob qilindi. 2026-yilning 5 oyi yakunlari yuzasidan shahar hududida samarali faoliyat yuritgan, saylovchilar muammolarini hal etishda alohida tashabbus ko‘rsatgan bir guruh deputatlar shahar Kengashi raisi Daniyar Karimov tomonidan tashakkurnoma bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.

Asosiy maqsad: Deputatlarning faolligi va mas’uliyatini oshirish, har bir saylov okrugida qonunlar ustuvorligi hamda aholi farovonligini ta’minlashdan iboratdir!

Slide 1 of 7