O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–642) fuqarolarning mehnat qilish huquqini ta’minlash, aholini ish bilan band qilish, ishsizlikning oldini olish hamda mehnat bozorini rivojlantirishga qaratilgan muhim huquqiy asosdir.
🔹 Qonunning asosiy maqsadlari:
✅Fuqarolarning erkin mehnat qilish huquqini kafolatlash;
✅Aholining barqaror bandligini ta’minlash;
✅Yangi ish o‘rinlarini yaratishni rag‘batlantirish;
✅Ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish;
✅Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish imkoniyatlarini kengaytirish.
💼Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
🔸Ish joyi va kasbni erkin tanlash;
🔸Bandlik xizmatlaridan bepul foydalanish;
🔸Kasb-hunarga o‘qitish va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etish;
🔸Qonunchilikda belgilangan tartibda ishsizlikdan ijtimoiy himoya choralaridan foydalanish.
Bizni kuzatishda davom eting!