35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Yangihayot" mahallasida fuqarolarning muammolari oʻrganildi
янв.21
⚡️ Navbatdagi sessiya oldidan Doimiy komissiya a’zolari SEO JSX bo‘limi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 "Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari
янв.21
"Choshtepa" okurgida sayyor qabul boʻlib oʻtdi
янв.21
✨ Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatidan amaliy yordam!
янв.21
kotibiyat mudiri X.Dadabayev oʻz saylov okrugida
янв.21
#Deputatlik_faoliyati 📰 “O‘zbekiston – umumiy va ahil xonadonimiz!”
янв.21
📸 «Tashabbusli budjet» loyihalari ijrosi va mablag‘larning maqsadli sarflanishi deputatlar nazoratida!
янв.21
Deputatlik faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni tartibga solish
янв.21
#Sessiyaga_tayyorgarlik
Namuna mahallasida barpo etilgan yangi inshootlar ko‘zdan kechirildi

 Xalq deputatlari tuman
Kengashi deputati J.Ismonova, Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini raisi M.Jo‘rayev
hamda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar Namuna mahallasi hududida yaqinda barpo etilgan va foydalanishga topshirilgan infratuzilma obyektlari bilan tanishdilar. Tashrif davomida mahallaning kirish qismida o‘rnatilgan zamonaviy kurant soati hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanishni ta’minlash maqsadida barpo etilgan piyodalar yo‘lakchalari ko‘zdan kechirildi. Mahalla raisi M. Jo‘rayev tomonidan mazkur obyektlarni barpo etish jarayoni, ularning aholi uchun ahamiyati hamda mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, bu kabi loyihalar mahalla qiyofasini yanada obod va zamonaviy ko‘rinishga keltirish, shuningdek, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qilmoqda. Tanishuv jarayonida hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish,
yaratilgan infratuzilma ob’ektlarini asrab-avaylash hamda ulardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.
Mahallalarda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari aholi turmush farovonligini yuksaltirish, hududlarning me’moriy qiyofasini
yanada yaxshilash va yashash uchun qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
 

Slide 1 of 4