35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Yangihayot" mahallasida fuqarolarning muammolari oʻrganildi
янв.21
⚡️ Navbatdagi sessiya oldidan Doimiy komissiya a’zolari SEO JSX bo‘limi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 "Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari
янв.21
"Choshtepa" okurgida sayyor qabul boʻlib oʻtdi
янв.21
✨ Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatidan amaliy yordam!
янв.21
kotibiyat mudiri X.Dadabayev oʻz saylov okrugida
янв.21
#Deputatlik_faoliyati 📰 “O‘zbekiston – umumiy va ahil xonadonimiz!”
янв.21
📸 «Tashabbusli budjet» loyihalari ijrosi va mablag‘larning maqsadli sarflanishi deputatlar nazoratida!
янв.21
Deputatlik faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni tartibga solish
янв.21
#Sessiyaga_tayyorgarlik
Oilaviy tadbirkorlik faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Chodaklik” MFY hokim yordamchisi A.Mo‘ydinovning O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan olib borayotgan ishlari doirasida navbatdagi o‘rganish amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida “Chodaklik” mahallasi, Tabassum ko‘chasi, 264-uyda istiqomat qiluvchi, o‘zini o‘zi band qilgan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan G‘.Abdullayevning faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Aniqlanishicha, hokim yordamchisi ko‘magida tadbirkorga 33 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan bo‘lib, mazkur mablag‘ hisobidan chorvachilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda tadbirkor chorvachilikni rivojlantirish orqali oilaviy daromadini oshirish, mahallada bandlikni ta’minlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

O‘rganish davomida kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish, chorvachilik xo‘jaligini yanada kengaytirish, davlat tomonidan tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish masalalari yuzasidan tadbirkor bilan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3