35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Navqiron" mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari olib borildi
янв.21
"Navqiron" mahallasida oʻrganish ishlari olib borildi
янв.21
#19_1_Modda_ijrosi
янв.21
Yangihayot  tumani tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Deputatlar 45-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida
янв.21
Deputatlarning navbatdagi manzili — “Tashabbusli budjet” (Open Budget) loyihasida gʻolib chiqib, ayni paytda qurilish-taʻmirlash ishlari qizgʻin olib borilayotgan 3-sonli umumtaʻlim maktabi
янв.21
#Dolzarb_40_kun "Binokor" MFY da
янв.21
Tuman hokimi, 1-Choshtepa saylov okrugi deputati X.Inogamov o‘z okrugidagi "Choshtepa" mahallasida
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
янв.21
"Yangihayot" mahallasida fuqarolarning muammolari oʻrganildi
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 1-“Qoraqalpoq” saylov okrugidan saylangan deputat Yergashboyev Baxtiyor Rustamovich tomonidan o‘zi saylangan hudud — “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida “Guliston” MFY hokim yordamchisi M.Mirislomov tomonidan mahallada aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Jumladan, fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va daromadlarini oshirish maqsadida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larining maqsadli va manzilli yo‘naltirilishi, ulardan samarali foydalanish holati hamda kredit asosida amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligi o‘rganildi.O‘rganish jarayonida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida fuqarolarga qoramol xarid qilish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar bevosita xonadonlarga chiqib ko‘zdan kechirildi. Kredit mablag‘larining belgilangan maqsadlarda foydalanilgani, xarid qilingan chorva mollari mavjudligi hamda loyihalarning amaliy samaradorligi tahlil qilindi.O‘rganish natijasida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanilayotgani, fuqarolar tomonidan tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgani va har bir loyiha o‘z yo‘nalishida samarali faoliyat yuritayotgani aniqlandi.Shuningdek, bunday loyihalarni izchil davom ettirish, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi daromad manbalarini yaratish hamda mahalladagi kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar aholi bilan bevosita muloqot qilish, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijadorligini baholash hamda fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Slide 1 of 5