35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Yangihayot" mahallasida fuqarolarning muammolari oʻrganildi
янв.21
⚡️ Navbatdagi sessiya oldidan Doimiy komissiya a’zolari SEO JSX bo‘limi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 "Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari
янв.21
"Choshtepa" okurgida sayyor qabul boʻlib oʻtdi
янв.21
✨ Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatidan amaliy yordam!
янв.21
kotibiyat mudiri X.Dadabayev oʻz saylov okrugida
янв.21
#Deputatlik_faoliyati 📰 “O‘zbekiston – umumiy va ahil xonadonimiz!”
янв.21
📸 «Tashabbusli budjet» loyihalari ijrosi va mablag‘larning maqsadli sarflanishi deputatlar nazoratida!
янв.21
Deputatlik faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni tartibga solish
янв.21
#Sessiyaga_tayyorgarlik
Mahalladagi muammolarni sheriklik loyihalari orqali hal etish imkoniyati

Hurmatli deputatlar!

Hududlarda aniqlanayotgan ichki yo‘llar, yoritish, bolalar maydonchalari, obodonlashtirish va boshqa infratuzilmaga oid muammolarni endilikda sheriklik asosida moliyalashtiriladigan loyihalar orqali ham hal etish mumkin.
Mazkur mexanizm O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi hamda "Ochiq budjet" tizimi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Bunda loyiha mahalla aholisi bilan kelishilgan holda "Ochiq budjet" portaliga kiritiladi. Aholi, tadbirkorlar va homiylarning ixtiyoriy mablag‘lari shakllantirilgach, qolgan qismi davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilishi hamda loyiha ovoz berish bosqichisiz amalga oshirilishi mumkin.
Hududingizdagi dolzarb muammolarni o‘rganib, ushbu imkoniyatdan samarali foydalanishingizni so‘raymiz.

Eslatma: "Tashabbusli budjet" doirasida loyihalarni kiritishning oxirgi muddati — 2026-yil 3-avgust.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermaylik — mahalla ravnaqi uchun birlashaylik!