35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Navqiron" mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari olib borildi
янв.21
"Navqiron" mahallasida oʻrganish ishlari olib borildi
янв.21
#19_1_Modda_ijrosi
янв.21
Yangihayot  tumani tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Deputatlar 45-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida
янв.21
Deputatlarning navbatdagi manzili — “Tashabbusli budjet” (Open Budget) loyihasida gʻolib chiqib, ayni paytda qurilish-taʻmirlash ishlari qizgʻin olib borilayotgan 3-sonli umumtaʻlim maktabi
янв.21
#Dolzarb_40_kun "Binokor" MFY da
янв.21
Tuman hokimi, 1-Choshtepa saylov okrugi deputati X.Inogamov o‘z okrugidagi "Choshtepa" mahallasida
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
янв.21
"Yangihayot" mahallasida fuqarolarning muammolari oʻrganildi
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi

       Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Mirzaqulov Bo‘ri Karabayevich hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, deputat Rajabov Botir Abdurasulovich tomonidan Kengashning ish rejasiga hamda deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilovchi 24 ta tavsiya asosida 4-Bunyodkor saylov okrugi hududida joylashgan “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-son hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–641-son Qonunlari ijrosi maxsus savolnomalar asosida tahlil qilindi.

Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash jarayonlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qonun hujjatlari ijrosini ta'minlash va ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas'ullarga vazifalar belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!
         ▶️Kanalga ulanish: 👇
Telegram. Facebook. Instagram. E-kengash

Slide 1 of 1