35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Navqiron" mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari olib borildi
янв.21
"Navqiron" mahallasida oʻrganish ishlari olib borildi
янв.21
#19_1_Modda_ijrosi
янв.21
Yangihayot  tumani tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Deputatlar 45-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida
янв.21
Deputatlarning navbatdagi manzili — “Tashabbusli budjet” (Open Budget) loyihasida gʻolib chiqib, ayni paytda qurilish-taʻmirlash ishlari qizgʻin olib borilayotgan 3-sonli umumtaʻlim maktabi
янв.21
#Dolzarb_40_kun "Binokor" MFY da
янв.21
Tuman hokimi, 1-Choshtepa saylov okrugi deputati X.Inogamov o‘z okrugidagi "Choshtepa" mahallasida
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
янв.21
"Yangihayot" mahallasida fuqarolarning muammolari oʻrganildi
Deputatlik so‘rovi natijasida Yangisanoat mahallasida elektr tarmog‘ini modernizatsiya qilish ishlari dasturga kiritildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati tomonidan Yangisanoat mahallasida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash hamda qo‘shimcha 10 dona temir-beton tayanch o‘rnatish masalasida yuborilgan deputatlik so‘roviga Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Javob xatida qayd etilishicha, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, Yangisanoat mahallasidan o‘tuvchi 6 kVli “Charxin” elektr uzatish tarmog‘idagi ayrim temir-beton tayanchlarni almashtirish hamda qo‘shimcha tayanchlar o‘rnatish zarurligi aniqlangan.

Shunga ko‘ra, hududda 10 dona yangi temir-beton tayanch o‘rnatish ishlari elektr tarmoqlarini yangilash, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturga kiritilgan.