35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Yangihayot" mahallasida fuqarolarning muammolari oʻrganildi
янв.21
⚡️ Navbatdagi sessiya oldidan Doimiy komissiya a’zolari SEO JSX bo‘limi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 "Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari
янв.21
"Choshtepa" okurgida sayyor qabul boʻlib oʻtdi
янв.21
✨ Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatidan amaliy yordam!
янв.21
kotibiyat mudiri X.Dadabayev oʻz saylov okrugida
янв.21
#Deputatlik_faoliyati 📰 “O‘zbekiston – umumiy va ahil xonadonimiz!”
янв.21
📸 «Tashabbusli budjet» loyihalari ijrosi va mablag‘larning maqsadli sarflanishi deputatlar nazoratida!
янв.21
Deputatlik faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni tartibga solish
янв.21
#Sessiyaga_tayyorgarlik
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida Adliya bo‘limi hisoboti muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishida Qo‘qon shahar adliya bo‘limining 2026-yil 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti ko‘rib chiqildi. Adliya bo‘limi o‘z faoliyatini amaldagi qonunlar, Prezident farmonlari hamda tasdiqlangan ish rejalari asosida olib borgani qayd etildi.

Hisobot davrida Kengashning 2 ta, shuningdek hokimlikning 3 ta qaror loyihasiga huquqiy xulosa berilgani ma’lum qilindi. O‘rganish va monitoringlar davomida esa jami 427 ta qonunbuzilish holati aniqlangan bo‘lib, ularga barham berish maqsadida 22 ta taqdimnoma kiritilgan, 3 nafar xodimga intizomiy jazo qo‘llanilgan hamda 364 876 000 so‘m zarar undirib berilgan.

Aholi va tashkilotlar bilan ishlash yo‘nalishida ham sezilarli natijalarga erishilgani ta’kidlandi: 190 ta murojaat ko‘rib chiqilgan, ularning 160 tasi qanoatlantirilgan, qolganlariga huquqiy tushuntirishlar berilgan. Shuningdek, 18 ta sayyor qabul o‘tkazilib, 122 nafar fuqaroning og‘zaki va yozma murojaatlari qabul qilingan.

Ijtimoiy yo‘nalishda xotin-qizlarga huquqiy yordam ko‘rsatish ishlari ham alohida e’tirof etildi: 1 746 nafar ro‘yxatga olingan xotin-qizdan 1 554 nafari huquqiy targ‘ibot tadbirlari bilan qamrab olingan, 1 300 nafardan ortiq fuqaroga individual maslahatlar berilgan, 24 nafar ayolga hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan hamda 45 nafar ayol uchun sudlarga topshirish maqsadida da’vo arizalari tayyorlab berilgan.

Davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ham bo‘lim faoliyati yuqori natijalarga ega ekani bildirildi: 2026-yilning 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarga 60 703 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan, 1 145 dan ortiq sayyor xizmatlar tashkil etilgan. Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish, faoliyatini tiklash va tugatish bo‘yicha ham bir qator amaliy ishlar bajarilgan.

Yig‘ilish yakunida taqdim etilgan hisobot yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3