35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Yangihayot" mahallasida fuqarolarning muammolari oʻrganildi
янв.21
⚡️ Navbatdagi sessiya oldidan Doimiy komissiya a’zolari SEO JSX bo‘limi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 "Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari
янв.21
"Choshtepa" okurgida sayyor qabul boʻlib oʻtdi
янв.21
✨ Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatidan amaliy yordam!
янв.21
kotibiyat mudiri X.Dadabayev oʻz saylov okrugida
янв.21
#Deputatlik_faoliyati 📰 “O‘zbekiston – umumiy va ahil xonadonimiz!”
янв.21
📸 «Tashabbusli budjet» loyihalari ijrosi va mablag‘larning maqsadli sarflanishi deputatlar nazoratida!
янв.21
Deputatlik faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni tartibga solish
янв.21
#Sessiyaga_tayyorgarlik
Mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlari faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Kengashning “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zosi X.Abdullayev, Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Adxamov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov tomonidan Qo‘qon shahar soliq inspeksiyasida olib borilgan o‘rganish ishlari davomida mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlarining faoliyati ham atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida A.Muxammedjanov, M.Axmedjanov hamda boshqa mas’ul xodimlar tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash tizimi yuzasidan batafsil ma’lumotlar olindi.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi:
mahallalarda soliq yig‘uvchanlik darajasini oshirish va belgilangan ko‘rsatkichlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
kunlik reja ko‘rsatkichlari ijrosi hamda soliq tushumlari monitoringini doimiy nazorat qilib borish;
kameral soliq nazorati orqali soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish;
jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarini qo‘llash, ularning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda tadbirkorlarga amaliy maslahatlar berish;
soliq to‘lovchilar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni joyida hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.

Uchrashuv davomida mahallalarga biriktirilgan soliq xodimlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish hamda soliq to‘lovchilar uchun qulay va shaffof xizmatlar ko‘rsatish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5