35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
Deputat fuqaro xonadonida
янв.21
Kengashning 2026-yil 1-apreldagi  II-28-32-14-220-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan oʻrganish olib boridi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanidagi 334-sonli umumtaʻlim maktabida qurilish-taʻmirlash ishlari oʻrganildi
янв.21
Qabul
янв.21
332-sonli umumtaʼlim maktabida xotin-qizlar va yoshlar tarbiyasiga bagʻishlangan oʻquv seminari oʻtkazildi
янв.21
Mustahkam oila — mustahkam jamiyat poydevori
янв.21
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Dilshoda Xursandova, 15-Yoʻldosh okrugi deputati Nargiza Abdalimovaning hududda navbatdagi oʻrganishlari
янв.21
🏫 Yangihayot tumanidagi 304-sonli maktab hududida yangi maktab va bogʻcha quriladi
янв.21
🟢 DEPUTAT HISOBOT BERDI: EL MANFAATI VA HUDUD OBODLIGI BOSH MAQSAD
Statistika bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Statistika bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlariga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish maqsadida 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K.Abdullayeva tomonidan Termiz tuman Statistika bo‘limi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, statistika ma’lumotlarini shakllantirish va yuritish jarayonlari, jismoniy hamda yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, murojaatlar bilan ishlash holati hamda ish yuritish tizimi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 19-sentabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda ma’qullangan) mazmun-mohiyatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Mazkur qonun to‘lovlar va to‘lov tizimlari sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimlari operatorlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, elektron to‘lov vositalari hamda elektron pullardan foydalanish tartibini belgilaydi. Shu bilan birga, qonun to‘lov tizimlarining xavfsizligi va uzluksiz ishlashini ta’minlash, naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish hamda to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

O‘rganish yakunida Statistika bo‘limi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholiga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazoratini samarali amalga oshirish hamda tashkilotlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan holda muntazam davom ettiriladi.

Slide 1 of 3