35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
Deputat fuqaro xonadonida
янв.21
Kengashning 2026-yil 1-apreldagi  II-28-32-14-220-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan oʻrganish olib boridi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanidagi 334-sonli umumtaʻlim maktabida qurilish-taʻmirlash ishlari oʻrganildi
янв.21
Qabul
янв.21
332-sonli umumtaʼlim maktabida xotin-qizlar va yoshlar tarbiyasiga bagʻishlangan oʻquv seminari oʻtkazildi
янв.21
Mustahkam oila — mustahkam jamiyat poydevori
янв.21
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Dilshoda Xursandova, 15-Yoʻldosh okrugi deputati Nargiza Abdalimovaning hududda navbatdagi oʻrganishlari
янв.21
🏫 Yangihayot tumanidagi 304-sonli maktab hududida yangi maktab va bogʻcha quriladi
янв.21
🟢 DEPUTAT HISOBOT BERDI: EL MANFAATI VA HUDUD OBODLIGI BOSH MAQSAD
Deputat so'rovi
#deputat_soʻrovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich deputatlik so‘rovi yoʻlladi

📌 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich tumanimizda fuqarolarning turmush sharoitlarini va Infratuzilmani yaxshilash masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida “Taxiatosh tumangaz” ta’minoti bo‘limi boshlig‘i S.Qutlimuratovga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

⚡️ “Taxiatosh tumangaz” ta’minoti bo‘limi boshlig‘i S.Qutlimuratovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:
🟢 Taxiatosh tumani “Naymanko‘l” ovul fuqarolar yig‘inidagi G‘uncha ko‘chasi bo‘yidan o‘tuvchi gaz trubalari yerda yotganligi, gaz hidi chiqib turganligi va ushbu gaz tarmog‘i chirib, yaroqsiz bo‘lib qolishining oldini olish uchun yerdan balandga ko‘tarib, estetik holatga keltirish ishlariga zarurat tug‘ilayotganligi yuzasidan rasmiy javob olish maqsadida asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilishni so‘radi.

📥 Deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich mazkur so‘rov orqali mahalla aholisi uchun qulay yashash muhitini yaratish, mahallalarda mavjud muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etish jarayonlarini tezlashtirishni maqsad qilgan.

✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Slide 1 of 4