35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
📢 Xalq deputati Djumaniyazova Gulandom Sobirovnaning II chorak boʻyicha oʻz saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 16-Viqor okrugi deputati N.Shevchenko oʻz saylov okrugida
янв.21
Deputatlar Zarbdor mahallasida saylovchilar qabulini oʻtkazdi
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
Deputat fuqaro xonadonida
янв.21
Kengashning 2026-yil 1-apreldagi  II-28-32-14-220-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan oʻrganish olib boridi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanidagi 334-sonli umumtaʻlim maktabida qurilish-taʻmirlash ishlari oʻrganildi
янв.21
Qabul
янв.21
332-sonli umumtaʼlim maktabida xotin-qizlar va yoshlar tarbiyasiga bagʻishlangan oʻquv seminari oʻtkazildi
Yoshlar maslahat guruhi: yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmi
Yoshlar maslahat guruhi: yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmi

Yoshlar maslahat guruhi — yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi, mahalliy Kengash deputatlariga taklif va tavsiyalar beruvchi hamda yoshlarning manfaatlarini ifoda etuvchi jamoatchilik tuzilmasidir.

🫥 Yoshlar maslahat guruhining asosiy maqsadi:
🔹 yoshlar manfaatlarini himoya qilish va ularning muammolariga yechim topish;
🔹 yoshlar masalalariga oid qaror loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etish;
🔹 mahalliy Kengash deputatlariga yoshlarga oid masalalarda amaliy ko‘maklashish.
🫥 Asosiy vazifalari:
🔹 hududdagi yoshlar muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
🔹 yoshlarga oid qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish va takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
🔹 hududiy dasturlar hamda "yo‘l xaritalari"da yoshlar manfaatlarini ta’minlash;
🔹 qonunlar va davlat dasturlarining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratida ishtirok etish;
🔹 iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashabbuslar ilgari surish;
🔹 yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni, huquqiy savodxonlikni va vatanparvarlikni oshirish;
🔹 madaniy-ma’rifiy, sport tadbirlari va turli tanlovlarni tashkil etishga ko‘maklashish;
🔹 deputatlar va senatorlarning yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etishda ishtirok etish.

🫥 Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining huquqlari:
🫥 mahalliy Kengash va doimiy komissiyalardan zarur axborotlarni olish;
🫥 yig‘ilish va tadbirlarda ishtirok etish;
🫥 yoshlar masalalari bo‘yicha takliflar kiritish;
🫥 hududdagi dolzarb muammolar yuzasidan tashabbuslar bilan chiqish.
🫥 Muhim ma’lumotlar:
🫥 Guruh tarkibi 16–30 yoshdagi faol va tashabbuskor yoshlardan shakllantiriladi.
🫥📅 Yig‘ilishlar, qoida tariqasida, har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
🫥 Guruh a’zolari mahalliy Kengash deputatlariga "ustoz-shogird" tizimi asosida biriktiriladi.

Yoshlar maslahat guruhi — yoshlarning fikri, tashabbusi va g‘oyalarini mahalliy boshqaruv tizimiga olib kiruvchi muhim jamoatchilik platformasidir.