35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish ishlari
янв.21
“Yangihayot tumanida 2026-yil yakuniga qadar va 2027-yilda amalga toshiriladigan chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida” 2026-yil 29-iyuldagi  II-32-71-14-220-K/26-son qarori
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashidagi 6- Yangihayot saylov okrugi deputati D. Xursandova oʻz saylov okrugida oʻrganish oʻtkazdi.
янв.21
📢 Deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligida
янв.21
G. Djumaniyazova "Zarbdor" mahallasida
янв.21
Nuroniylar – yurt tayanchi, ibrat maktabi! 🌸
янв.21
"Navqiron" mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari olib borildi
янв.21
"Navqiron" mahallasida oʻrganish ishlari olib borildi
янв.21
#19_1_Modda_ijrosi
янв.21
Yangihayot  tumani tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaat va takliflarini tinglash hamda deputatlik faoliyati yuzasidan muntazam axborot berib borish xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining ustuvor vazifalaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasining "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan reja-jadval asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 20-Terak tagi saylov okrugi deputati Rustamjon Tojimatovich Madaminov saylovchilar bilan navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazdi hamda 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan hisobot axborotini taqdim etdi.
(Uchrashuvda mahalla yettiligi, ko‘cha boshilari, mahalla oqsoqollari, shahar kommunal xizmatlari mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.)

Deputat Kengash kotibiyati tomonidan tayyorlangan tahliliy ma'lumotlar asosida shahar va saylov okrugida 2026-yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yo‘l hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalar, shuningdek fuqarolar murojaatlari asosida amalga oshirilgan amaliy ishlar haqida batafsil ma'lumot berdi.

Shuningdek, deputat tomonidan saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar, deputatlik nazorati doirasida hal etilgan masalalar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham atroflicha axborot berildi.

Muloqot davomida saylovchilar hududdagi dolzarb masalalarni ko‘tardilar. Jumladan, Qandahor va Soybo‘yi ko‘chalarida yangi transformator o‘rnatish, mahalla dam olish binosini elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan ta'minlash zarurligi ta'kidlandi.
Slide 1 of 3