35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish ishlari
янв.21
“Yangihayot tumanida 2026-yil yakuniga qadar va 2027-yilda amalga toshiriladigan chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida” 2026-yil 29-iyuldagi  II-32-71-14-220-K/26-son qarori
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashidagi 6- Yangihayot saylov okrugi deputati D. Xursandova oʻz saylov okrugida oʻrganish oʻtkazdi.
янв.21
📢 Deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligida
янв.21
G. Djumaniyazova "Zarbdor" mahallasida
янв.21
Nuroniylar – yurt tayanchi, ibrat maktabi! 🌸
янв.21
"Navqiron" mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari olib borildi
янв.21
"Navqiron" mahallasida oʻrganish ishlari olib borildi
янв.21
#19_1_Modda_ijrosi
янв.21
Yangihayot  tumani tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
Doimiy komissiya eшituvi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 15-iyuldagi O‘RQ–1153-son Qonuni bilan O‘RQ–937-son Qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlardan kelib chiqib, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi qarori bilan tasdiqlangan Ishchi guruh tarkibiga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov olib bordi. Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, ekspert-maslahat guruhi a’zolari Z.Yakubova va M.Madaminov, Marg‘ilon shahar Adliya bo‘limi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi Marg‘ilon shahar filiali mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Marg‘ilon shahar Adliya bo‘limi vakili tomonidan joriy yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan faoliyat yakunlari yuzasidan axborot berildi. Axborotda normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash, huquqiy targ‘ibot va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, davlat organlarida qonuniylikni mustahkamlash hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi Marg‘ilon shahar filiali boshlig‘i A.Ibragimov axborot berib, O‘RQ–1153-son Qonun bilan O‘RQ–937-son Qonuniga kiritilgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirdi hamda ushbu o‘zgartirishlardan kelib chiqib, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi qarori bilan tasdiqlangan Ishchi guruh tarkibini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish zarurligini ta’kidladi.


Muhokamalar davomida komissiya a’zolari tomonidan har ikki masala yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarni amaliyotga to‘liq tatbiq etish, idoralararo hamkorlikni mustahkamlash hamda huquqiy islohotlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlardan kelib chiqib, Ishchi guruh tarkibiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qaror loyihasini Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish Shuningdek, Adliya bo‘limining yarim yillik faoliyati yuzasidan taqdim etilgan axborot ma’lumot uchun qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 9