35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
📢 Xalq deputati Djumaniyazova Gulandom Sobirovnaning II chorak boʻyicha oʻz saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 16-Viqor okrugi deputati N.Shevchenko oʻz saylov okrugida
янв.21
Deputatlar Zarbdor mahallasida saylovchilar qabulini oʻtkazdi
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
Deputat fuqaro xonadonida
янв.21
Kengashning 2026-yil 1-apreldagi  II-28-32-14-220-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan oʻrganish olib boridi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanidagi 334-sonli umumtaʻlim maktabida qurilish-taʻmirlash ishlari oʻrganildi
янв.21
Qabul
янв.21
332-sonli umumtaʼlim maktabida xotin-qizlar va yoshlar tarbiyasiga bagʻishlangan oʻquv seminari oʻtkazildi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 23-sessiyasida yana uchta muhim masala bo‘yicha qarorlar qabul qilindi

 Jumladan:
🔹 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2025-yil 28-fevraldagi VII-7-28-8-121-K/25-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi ko‘rib chiqilib, amaldagi huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga qaratilgan qaror tasdiqlandi.
🔹 Deputatlik so‘rovlari ijrosi hamda ularga o‘z vaqtida javob berish holati yuzasidan Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurovning 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha axboroti eshitildi. Muhokamalar davomida deputatlik nazoratining samaradorligini oshirish, davlat organlarining deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida va sifatli javob berishini ta’minlash yuzasidan vazifalar belgilandi.
🔹 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ–360-V-son qarori asosida Termiz shahar Kengashi sessiyalarida aholi murojaatlari bilan ishlash, Xalq qabulxonasi axboroti hamda hokim va davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish tartibi tasdiqlandi.
✅ Sessiya yakunida mazkur masalalar yuzasidan tayyorlangan qaror loyihalari deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, belgilangan tartibda tasdiqlandi.
🤝 Qabul qilingan qarorlar mahalliy Kengash faoliyatining ochiqligi va samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda davlat organlarining xalq vakillari oldidagi hisobdorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.