35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
Deputat fuqaro xonadonida
янв.21
Kengashning 2026-yil 1-apreldagi  II-28-32-14-220-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan oʻrganish olib boridi
янв.21
🏢 Yangihayot tumanidagi 334-sonli umumtaʻlim maktabida qurilish-taʻmirlash ishlari oʻrganildi
янв.21
Qabul
янв.21
332-sonli umumtaʼlim maktabida xotin-qizlar va yoshlar tarbiyasiga bagʻishlangan oʻquv seminari oʻtkazildi
янв.21
Mustahkam oila — mustahkam jamiyat poydevori
янв.21
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Dilshoda Xursandova, 15-Yoʻldosh okrugi deputati Nargiza Abdalimovaning hududda navbatdagi oʻrganishlari
янв.21
🏫 Yangihayot tumanidagi 304-sonli maktab hududida yangi maktab va bogʻcha quriladi
янв.21
🟢 DEPUTAT HISOBOT BERDI: EL MANFAATI VA HUDUD OBODLIGI BOSH MAQSAD
Kengash_faoliyati

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengash raisi Abduraim Choriyev namunali xonadonda bo‘ldi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Abduraim Choriyev 16-Qaldirg'och saylov okrugi, Bandixon tumanining "Qaldirg‘och" mahallasida istiqomat qiluvchi Yaxshiboyev Gulboy xonadonida bo‘lib, tomorqadan samarali foydalanish hamda issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur xonadonda 4 sotix maydonda zamonaviy issiqxona tashkil etilgan bo‘lib, unda pomidor yetishtirilmoqda. Issiqxona faoliyati natijasida birinchi mavsumning o‘zida 15 million so‘m daromad olingani qayd etildi.

Tashrif davomida tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, aholi bandligini ta'minlash, oilalar daromadini oshirish va bu kabi ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yakunda bunday namunali xonadonlar tajribasini keng targ‘ib etish, tomorqachilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish orqali aholi farovonligini yanada oshirish muhimligi alohida ta'kidlandi.

Slide 1 of 3