35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Navqiron" mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari olib borildi
янв.21
"Navqiron" mahallasida oʻrganish ishlari olib borildi
янв.21
Yangihayot  tumani tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
янв.21
#19_1_Modda_ijrosi
янв.21
Deputatlar 45-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida
янв.21
Deputatlarning navbatdagi manzili — “Tashabbusli budjet” (Open Budget) loyihasida gʻolib chiqib, ayni paytda qurilish-taʻmirlash ishlari qizgʻin olib borilayotgan 3-sonli umumtaʻlim maktabi
янв.21
#Dolzarb_40_kun "Binokor" MFY da
янв.21
Tuman hokimi, 1-Choshtepa saylov okrugi deputati X.Inogamov o‘z okrugidagi "Choshtepa" mahallasida
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
янв.21
"Yangihayot" mahallasida fuqarolarning muammolari oʻrganildi
🤝 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TOMONIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi raisi Roximov Ollabergan Zafaro‘g‘li, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Kalandarov Azamat Shermetovich hamda Kengash kotibiyati xodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan Shovot tumanidagi Yoshlar markazida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
🏢 Tashrif davomida markazda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kasb-hunar va zamonaviy bilimlarni egallashi, sport hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etilishi, yoshlar bandligini ta’minlash va iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🤝 Shuningdek, mas’ullar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tizim faoliyatini yanada takomillashtirish hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
📌 O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va davlat yoshlar siyosatini izchil amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
🇺🇿 Yoshlar kelajagi – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoridir!

Slide 1 of 2