35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Marhamat" okrugi deputati B.Mirzoqulov mahalladagi muammolarni bartaraf etishda faollik koʻrsatmoqda
янв.21
🌿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 43-Doʻstlik saylov okrugidan saylangan deputat Saifnazarov Suxrob Ismailovich tomonidan 2026-yil II chorak yakunlari boʻyicha saylovchilar oldida axboroti
янв.21
Kengashi kotibiyati mudiri, deputat X.Dadabayev, tuman hokimi X.Inogamov "Navqiron" mahallasida
янв.21
📌 MUROJAATLAR KENGASH DEPUTATLARI E’TIBORIDA
янв.21
✅Deputat so’roviga ijobiy javob olindi: “Binokor” MFYdagi chiqindixona muammosi hal etildi
янв.21
#️⃣ Yangihayotda aholi muammolari doimiy eʼtiborda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi raisi S.Vafayev Kengash kotibiyati mudiri X.Dadabayev va bosh mutaxassisi D.Xursandova bilan muloqot oʻtkazdi.
янв.21
🔔 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi: Doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
🛡 YANGIHAYOT TUMANI FVB: 2026-YIL II CHORAK HISOBOTI
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi raisi S.Vafayev "Dolzarb 40 kunlik" doirasida oʻrganish olib bordi
Tumanda veterinariya va sanitariya yo‘nalishidagi ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i I.Bolievning tumanda sanitar-epidemiologik holatni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

Hisobotda chorva mollari va uy hayvonlarini profilaktik emlash, veterinariya-sanitariya tadbirlarini tashkil etish, sun’iy urug‘lantirish ishlari hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan chorva mahsulotlari savdosi ustidan veterinariya nazoratini kuchaytirish, so‘yish punktlarining sanitariya holatini yaxshilash, uy hayvonlarini to‘liq ro‘yxatga olish va majburiy emlash tizimini takomillashtirish, tegishli xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan qator vazifalar belgilandi.