35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Dilshoda Xursandova, 15-Yoʻldosh okrugi deputati Nargiza Abdalimovaning hududda navbatdagi oʻrganishlari
янв.21
🏫 Yangihayot tumanidagi 304-sonli maktab hududida yangi maktab va bogʻcha quriladi
янв.21
🟢 DEPUTAT HISOBOT BERDI: EL MANFAATI VA HUDUD OBODLIGI BOSH MAQSAD
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 7-“Oriyat” okrugi deputati Adolat SDP aʻzosi B.Qobiljonov tomonidan fuqarolar murojatlari yuzasidan oʻz okrugida oʻrganish oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatining navbatdagi uchrashuvi
янв.21
Kotibiyat mudiri, Deputat X.Dadabayev aholi muammolarini oʻrgandi
янв.21
🏢 Koʻp qavatli uyda yashaysizmi? Uyni boshqarish qoidalari va huquqlaringizni bilasizmi?
янв.21
🏛 Deputatning asosiy vazifalari va vakolatlari:
янв.21
PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan tumanimizning faol nuroniylari — Rasulov Maxamadjan Maxmudovich va Xaitov Yuldosh Pardayevichlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar va aniq takliflar atroflicha oʻrganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMAN KENGASHI DEPUTATI K.ANNAKULOV 2026-YIL 2-CHORAK YAKUNI BOʻYICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
#deputat_axboroti DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini tinglash hamda deputatlik faoliyati yuzasidan muntazam axborot berish — xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan reja-jadval asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 13-Yoyilma saylov okrugi deputati X.Abdurahmonov saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi hamda 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan axborot berdi.

Uchrashuvda mahalla yettiligi, ko‘cha boshilari, shahar kommunal xizmatlari mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Deputat kotibiyat tomonidan tayyorlangan tahliliy ma’lumotlarga tayangan holda shahar, xususan 13-Yoyilma saylov okrugi hududida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, infratuzilmani yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar hamda 2026-yilning birinchi yarim yilligida bajarilgan ishlar haqida batafsil axborot berdi.

Shuningdek, deputat nazoratida fuqarolar murojaatlari asosida hal etilgan masalalar, hududda olib borilgan o‘rganishlar natijasida amalga oshirilgan amaliy ishlar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida ham yig‘ilish ishtirokchilariga ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida saylovchilar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan faol fikr bildirdilar. Xususan, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llarni ta'mirlash, elektr hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Mazkur murojaatlar tegishli soha mutasaddilari ishtirokida muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi hamda ijrosi deputat nazoratiga olindi.

Yakunda saylovchilar tomonidan bildirilgan barcha murojaat va takliflar deputatning "Ko‘cha aylanish daftari"ga qayd etildi. Ularni bosqichma-bosqich hal etish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Bunday ochiq muloqotlar deputatlarning saylovchilar oldidagi hisobdorligini ta’minlash, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish hamda hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning samarali yechimini topishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 9