📍 Deputat saylovchilar murojaatlarini bevosita mahallada o‘rgandi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 1-Yangiturmush saylov okrugi deputati S. Eshonqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan "G‘urjak 2" mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
📝 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🏘 Xususan, ichki yo‘llar, kommunal xizmatlar, infratuzilma hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar belgilandi.
📌 O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga belgilangan tartibda topshiriqlar va so‘rovlar yuborilishi, ularning ijrosi deputatlik nazorati asosida muntazam kuzatib borilishi ta’minlanadi.
🤝 Saylovchilar bilan doimiy muloqot qilish, aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish xalq deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.