35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏫 Yangihayot tumanidagi 304-sonli maktab hududida yangi maktab va bogʻcha quriladi
янв.21
🟢 DEPUTAT HISOBOT BERDI: EL MANFAATI VA HUDUD OBODLIGI BOSH MAQSAD
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 7-“Oriyat” okrugi deputati Adolat SDP aʻzosi B.Qobiljonov tomonidan fuqarolar murojatlari yuzasidan oʻz okrugida oʻrganish oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatining navbatdagi uchrashuvi
янв.21
Kotibiyat mudiri, Deputat X.Dadabayev aholi muammolarini oʻrgandi
янв.21
🏢 Koʻp qavatli uyda yashaysizmi? Uyni boshqarish qoidalari va huquqlaringizni bilasizmi?
янв.21
🏛 Deputatning asosiy vazifalari va vakolatlari:
янв.21
PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan tumanimizning faol nuroniylari — Rasulov Maxamadjan Maxmudovich va Xaitov Yuldosh Pardayevichlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar va aniq takliflar atroflicha oʻrganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMAN KENGASHI DEPUTATI K.ANNAKULOV 2026-YIL 2-CHORAK YAKUNI BOʻYICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
“Insoniylik va oqibat — oliy qadriyat”
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala

Mahallada uyma-uy yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 19-"Quduqsoy" saylov okrugi deputati G.Xolmatova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan "Quduqsoy" mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi. Xonadonlarga tashrif davomida fuqarolarning bandligi, tomorqadan samarali foydalanish holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar hamda mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.

Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish yakunida aniqlangan barcha muammolar deputatning murojaatlar jurnaliga qayd etildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berish, ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida monitoring qilib borish hamda fuqarolarni qanoatlantiradigan yechimga erishish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 5