Bugun shahar Kengashi kotibiyati tomonidan umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning darsga qatnashishi hamda raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish holati o‘rganildi.
"Uvaysiy" mahallasi hududida joylashgan 20-sonli umumta’lim maktabida Shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevar Qodirova, bosh mutaxassis Mukarram Nematullayeva tomonidan o'quvchilarning davomati hamda "eMaktab" tizimidan foydalanish darajasini o'rganildi.
O'rganish davomida Maktab direktori Inoyat Ergashova tomonidan yuqori sinf o‘quvchilarining darslarda ishtirok etish ko‘rsatkichlari, "eMaktab" platformasiga o‘qituvchilar tomonidan kundalik ma’lumotlarning o‘z vaqtida kiritilishi ko'zdan kechirildi.
O‘quvchi va ota-onalarning tizimdan foydalanish qamrovi.
⚙️ Texnik imkoniyatlar: Tizimdagi texnik nosozliklar va internet tarmog‘idagi uzilishlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Maktab direktori tomonidan dars jarayonlarini raqamlashtirish borasidagi yutuqlar va duch kelinayotgan muammolar yuzasidan batafsil izohlar berildi.