Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 2-Yangi Choshtepa deputati  G.Muradova "Yangi Choshtepa" MFYda
янв.21
Deputatlar faoliyatida “Deputat daftari”ning yuritilishi ko‘rib chiqildi
янв.21
☀️ Jazirama kunlarda mahalla infratuzilmasi va kommunal tizimlar holati xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 8-“Marhamat” saylov okrugi deputati B. Mirzoqulov eʼtiborida
янв.21
Deputat X. Dadabayevning navbatdagi o‘rganishi:
янв.21
#Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol 📈 Deputatlar e’tiborida: Jazirama kunlarda bog‘chalardagi sharoitlar qay darajada?
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
Хalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyat mudiri, deputat X. Dadabayev “Tashabbus” okrugida
янв.21
Deputatlar “Chorbogʻ” mahallasida aholi murojaatlari va chiqindilarni tashish muammosini oʻrgandi
янв.21
Deputatlar “Chinor” metro bekatidagi vaqtinchalik transport harakatini ko‘zdan kechirdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot va Sergeli tumani deputatlari “Chinor” bekatida boʻldi
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N.Allaberganova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi hamda tuman Kengashi huzuridagi "Ekspert" guruhi mas'ul kotibi P.Rahmonov va Saxovat mahallasi raisi ishtirokida mahalla ijtimoiy xodimi Mohira Boltayevaning xizmat faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularga manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda sohaga oid davlat dasturlari va qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, mahallada ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etishda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📝 O‘rganish yakunida mavjud ishlarni yanada takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligini oshirish hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1