35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 7-“Oriyat” okrugi deputati Adolat SDP aʻzosi B.Qobiljonov tomonidan fuqarolar murojatlari yuzasidan oʻz okrugida oʻrganish oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatining navbatdagi uchrashuvi
янв.21
Kotibiyat mudiri, Deputat X.Dadabayev aholi muammolarini oʻrgandi
янв.21
🏢 Koʻp qavatli uyda yashaysizmi? Uyni boshqarish qoidalari va huquqlaringizni bilasizmi?
янв.21
🏛 Deputatning asosiy vazifalari va vakolatlari:
янв.21
PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan tumanimizning faol nuroniylari — Rasulov Maxamadjan Maxmudovich va Xaitov Yuldosh Pardayevichlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar va aniq takliflar atroflicha oʻrganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMAN KENGASHI DEPUTATI K.ANNAKULOV 2026-YIL 2-CHORAK YAKUNI BOʻYICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
“Insoniylik va oqibat — oliy qadriyat”
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 5-“Yangi Turmush” okrugi deputati Umida Aripova
янв.21
#Kotibiyat_hududlarda “Al-Fargʻoniy” mahallasida xavfsizlik va huquqiy targʻibot tadbirlari kuchaytirilmoqda
Ehtiyojmand oilalar xonadonlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tumandagi ehtiyojmand oilalar xonadonlarini energiya tejamkor qilib ta’mirlash ishlariga qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi kiritilgan.

Mazkur masalani o‘rganish maqsadida deputatlar mahallalarda bo‘lib, xonadonlarda energiya samaradorligini oshirish va isitish tizimini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganishmoqda.

Jumladan, deputat M. Qilichov “Zangiboyi” MFYda yashovchi fuqaro Karomat To‘g‘ayeva xonadonida bo‘lib, olib borilayotgan ta’mirlash ishlari jarayoni bilan tanishdi.

O‘rganish davomida xonadonda amalga oshirilishi belgilangan ayrim ishlar to‘liq bajarilmagani aniqlandi.

Shuningdek, ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ustalar tomonidan ishlar yakuniga yetkazilmaganligi, hozirda ish jarayoni to‘xtab qolgani hamda ishlarni tashkil etish va sifat nazorati talab darajasida emasligi kuzatildi.

Slide 1 of 4