Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich, mahalla raisi X.Xalillayev hamda mahalladagi ijtimoiy xodim N.Allashukurov bilan birgalikda "Yangi makon" OFY, "Tashrez" ovulida kambagʻallik reyestriga kiritilgan oilalar xonadonlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganishlarning so‘nggi manzilida fuqaro G.Nazarova xonadoniga tashrif buyurildi. Suhbat davomida bolalar nafaqasi o‘z vaqtida to‘lanayotgani aniqlanib, shu bilan birga fuqaroning bugungi ijtimoiy holatini inobatga olgan holda, uni qayta o‘rganish zarurligi qayd etildi.
Kun davomida tashrif buyurilgan barcha xonadonlarda oilalarning ijtimoiy holati, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari hamda mavjud ehtiyojlari joyida o‘rganildi.
Shuningdek, kambagʻallik reyestrida turgan oilalar bilan atroflicha suhbat o‘tkazilib, ularni kambagʻallikdan chiqarish, daromad manbalarini yaratish va bandligini ta’minlash maqsadida davlat tomonidan ajratilayotgan ssudalar hamda subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan mahalla raisi X.Xalillayev va ijtimoiy xodim N.Allashukurov tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.
📌 Bunday o‘rganishlar ehtiyojmand oilalarning haqiqiy ijtimoiy holatini baholash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamning manzilliligini ta’minlash hamda oilalarni kambagʻallikdan chiqarishga qaratilgan amaliy choralarni belgilashga xizmat qiladi.