Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan qabul qilingan 2026-yil 18-apreldagi KQ-335-V-sonli Qaror
янв.21
📌#162_ta_eng_muhim_qonun. Mahalla muammolari umummilliy zanjir asosida hal etiladi!
янв.21
⚡️ Qogʻozda emas, amalda: Yangihayotdagi sayyor qabul yuzdan ortiq oilaning mushkulini oson qildi!
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari, kotibiyat bosh mutaxassisi hamda deputat U.Nishanbekovaning "Zamin" maktabiga tashrifi hududdagi ta'lim va tarbiya maskanlari faoliyatini oʻrganish, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etilgan.
янв.21
🔍 Hududlar obodligi va aholi osoyishtaligi — deputatlar eʼtiborida
янв.21
📢 Deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
🌸 Fuqaro tashabbusi qoʻllab-quvvatlanmoqda: Yangihayotda boʻsh turgan yer maydoni goʻzal bogʻga aylanadi
янв.21
💦Yangihayotda anomal issiqqa qarshi tezkor choralar:
янв.21
Joriy yilning 15-iyulidan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi bugundan  boshlandi.
янв.21
2026–2027-yillarga moʻljallangan ulkan marralar: Qoʻshma majlisda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Maxmudov Aʻzam Alixodjayevichning “Yangihayot tumanida 2026-yil yakuni va 2027-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi” toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi.
Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFYda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatini o‘rgandi.

🤝 Tashrif davomida mahalladagi ijtimoiy xodim N.Allashukurov bilan kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash, xizmatlarning sifati hamda ularni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

📍 Shuningdek, tuman markazidan 28 kilometr uzoqlikda, Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh hududda joylashgan “Tashrez” ovulida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish bo‘yicha kelishib olindi.

⚡️ Ijtimoiy xizmatlarning manzilli va sifatli tashkil etilishi aholining ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.