35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Dilshoda Xursandova, 15-Yoʻldosh okrugi deputati Nargiza Abdalimovaning hududda navbatdagi oʻrganishlari
янв.21
🏫 Yangihayot tumanidagi 304-sonli maktab hududida yangi maktab va bogʻcha quriladi
янв.21
🟢 DEPUTAT HISOBOT BERDI: EL MANFAATI VA HUDUD OBODLIGI BOSH MAQSAD
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 7-“Oriyat” okrugi deputati Adolat SDP aʻzosi B.Qobiljonov tomonidan fuqarolar murojatlari yuzasidan oʻz okrugida oʻrganish oʻtkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatining navbatdagi uchrashuvi
янв.21
Kotibiyat mudiri, Deputat X.Dadabayev aholi muammolarini oʻrgandi
янв.21
🏢 Koʻp qavatli uyda yashaysizmi? Uyni boshqarish qoidalari va huquqlaringizni bilasizmi?
янв.21
🏛 Deputatning asosiy vazifalari va vakolatlari:
янв.21
PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan tumanimizning faol nuroniylari — Rasulov Maxamadjan Maxmudovich va Xaitov Yuldosh Pardayevichlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar va aniq takliflar atroflicha oʻrganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMAN KENGASHI DEPUTATI K.ANNAKULOV 2026-YIL 2-CHORAK YAKUNI BOʻYICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi E.Yunusov olib bordi. Unda komissiya a’zolari, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, mazkur tashkilotga biriktirilgan deputat M.Raimdjanov hamda ekspert-maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga muvofiq, Marg‘ilon shahar Soliq inspeksiyasining Yuridik shaxslar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i tomonidan 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi. Hisobotda soliq tushumlari ijrosi, soliqlarni undirish samaradorligi, soliq qarzdorliklarini qisqartirish, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi 474-I-son "Davlat soliq xizmati to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, davlat budjetiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq hamda o‘z vaqtida tushishini ta’minlash, soliq to‘lovchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, soliq ma’murchiligini takomillashtirishdan iborat.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan qator savollar va takliflar bildirildi. Xususan, markirovka tizimini joriy etishda tadbirkorlar duch kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan amaliy yordam hamda soliq tushumlarini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan doimiy komissiya raisi E.Yunusov shunday ta’kidladi:
“Har bir tushum ortida aniq tizimli ish va mas’uliyat turibdi. Ayniqsa, soliq qarzdorliklarini qisqartirish, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali budjet barqarorligini ta’minlash — ustuvor vazifamiz bo‘lib qolishi zarur.”

Muhokamalar yakunida hisobot ma’qullanib, mazkur masalani Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Shuningdek, hisobot beruvchiga mavjud zaxiralarni to‘liq ishga solish, soliq tushumlarini barqaror oshirish, soliq qarzdorliklarini qisqartirish, markirovka tizimi qamrovini kengaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 4