Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2026–2027-yillarga moʻljallangan ulkan marralar: Qoʻshma majlisda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Maxmudov Aʻzam Alixodjayevichning “Yangihayot tumanida 2026-yil yakuni va 2027-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi” toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi.
янв.21
📌 Deputat nazorati: "Al-Fargʻoniy" MFYda "Tashabbusli budjet" loyihalari amalda
янв.21
6- Yangihayot saylov okrugi deputati D. Xursandova oʻz saylov okrugida navbatdagi fuqarolar qabulini oʻtkazdi.
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyat mudiri, deputat X.Dadabayev “Toshkent” MFYda
янв.21
#Deputatlik_va_jamoatchilik_nazorati #Dastur_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun #Kotibiyat_hududlarda
янв.21
#Kotibiyat_hududlarda #Deputatlik_nazorati Kundalik rejaga asosan, aholidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan, xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyat mudiri, deputat X.Dadabayev boshchiligida deputat I.Xudaykulov bilan birgalikda   “Charogʻon” MFY hokim yordamchisi faoliyati yuzasidan oʻrganish ishlarini olib borildi.
янв.21
🚯 Deputat nazorati: Sholikor koʻchasidagi chiqindi maskanining ayanchli holati oʻrganildi
янв.21
#Sessiya_oldi_organish #doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#Sessiya_oldi_organish #Qonun_ijrosi #Hamkorlik_faoliyati
Frangiza Akramova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 3-apreldagi VII-24-90-14-0-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Frangiza Akramova tomonidan Olmazor tumanining "Yuqori Beshqo‘rg‘on" mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi ochiq axborot uchrashuvi o‘tkazildi.

📝 Uchrashuvda Olmazor tumani hokimligi mas’ul xodimlari, Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shahnoza Umrxo‘jayeva, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi Mahmudov Sayfulla Hasanovich, mahalla raislari, "mahalla yettiligi" vakillari, nuroniylar hamda faol fuqarolar ishtirok etdi. Muloqot davomida deputat tomonidan 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot berildi.

🔎 Ta’kidlanganidek, hisobot davrida deputat tomonidan saylovchilar bilan muntazam uchrashuv va fuqarolar qabullari tashkil etilib, kelib tushgan murojaatlar atroflicha o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan tegishli davlat organlari hamda tashkilotlari bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilib, zarur masalalar bo‘yicha deputatlik so‘rovlari va kuzatuv xatlari yuborildi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

🗣 Deputat o‘z axborotida ikkinchi chorak davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalarida faol ishtirok etganini, sessiyalarda hududlarni kompleks rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, kommunal infratuzilmani takomillashtirish, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash, yoshlar bandligini oshirish, jinoyatchilik profilaktikasi hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobot va axborotlari muhokama qilinib, ular bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirganini qayd etdi.

📁 Shuningdek, deputat Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi doimiy komissiyalari faoliyatida ham faol qatnashib, komissiya yig‘ilishlarida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, aholi murojaatlarini tizimli hal etish hamda mahalliy budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar ilgari surganini alohida ta’kidladi.

🔺 Deputat tomonidan saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar davomida mahallalardagi ichki yo‘llar, ko‘chalarni yoritish, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sport maydonchalari hamda boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlari holati yuzasidan monitoringlar amalga oshirilgani, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.

💬 Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida 201-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti oldida piyodalar o‘tish yo‘lagi (zebra) barpo etish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, sport infratuzilmasini rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash hamda boshqa dolzarb masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokama qilinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

✅ Yakunda deputat tomonidan taqdim etilgan axborot yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinib, saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqotlarni davom ettirish, ko‘tarilgan masalalarni tegishli idoralar bilan hamkorlikda hal etish hamda ularning ijrosini doimiy deputatlik nazoratida olib borish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8