Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2026–2027-yillarga moʻljallangan ulkan marralar: Qoʻshma majlisda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Maxmudov Aʻzam Alixodjayevichning “Yangihayot tumanida 2026-yil yakuni va 2027-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi” toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi.
янв.21
📌 Deputat nazorati: "Al-Fargʻoniy" MFYda "Tashabbusli budjet" loyihalari amalda
янв.21
6- Yangihayot saylov okrugi deputati D. Xursandova oʻz saylov okrugida navbatdagi fuqarolar qabulini oʻtkazdi.
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyat mudiri, deputat X.Dadabayev “Toshkent” MFYda
янв.21
#Deputatlik_va_jamoatchilik_nazorati #Dastur_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun #Kotibiyat_hududlarda
янв.21
#Kotibiyat_hududlarda #Deputatlik_nazorati Kundalik rejaga asosan, aholidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan, xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyat mudiri, deputat X.Dadabayev boshchiligida deputat I.Xudaykulov bilan birgalikda   “Charogʻon” MFY hokim yordamchisi faoliyati yuzasidan oʻrganish ishlarini olib borildi.
янв.21
🚯 Deputat nazorati: Sholikor koʻchasidagi chiqindi maskanining ayanchli holati oʻrganildi
янв.21
#Sessiya_oldi_organish #doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#Sessiya_oldi_organish #Qonun_ijrosi #Hamkorlik_faoliyati
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan reja-jadval asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 1-Uvaysiy saylov okrugi deputati Madaminova Shoiraxon Toxirjon qizi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati yuzasidan axborot berdi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova, doimiy komissiya raisi A.Mahkamov, Inson ijtimoiy xizmatlari markazi rahbari I.Otajonov, mahalla yettiligi vakillari, shahar kommunal xizmatlari mutasaddilari hamda Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari ishtirok etdi.

Uchrashuvda deputat kotibiyat tomonidan tayyorlab berilgan tahliliy ma’lumotlar asosida shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida belgilangan loyihalar ijrosi, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati to‘g‘risida saylovchilarga batafsil axborot berdi.

Shuningdek, Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov deputat nazoratida hududda amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari asosida ko‘rilgan amaliy choralar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Saylovchilar tomonidan Toshkent, Muqumiy, Qandolatchi va Baraka ko‘chalaridagi oqova suv tizimi bilan bog‘liq muammolar, suyultirilgan gaz ta’minotidagi uzilish va kechikishlar, shuningdek, boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Mazkur murojaatlar tegishli soha mutasaddilari ishtirokida joyida muhokama qilinib, ularning ijrosi deputat nazoratiga olindi.

Uchrashuv davomida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida dedutat Sh.Madaminovaga biriktirilgan tashkilot Inson ijtimoiy xizmatlari markazi rahbari I.Otajonov tomonidan har haftaning chorshanba kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha Uvaysiy mahallasida sayyor qabul o‘tkazilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Yakunda saylovchilar tomonidan bildirilgan barcha murojaat va takliflar deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etildi. Ularning yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.

Mazkur uchrashuv deputatning saylovchilar oldidagi mas'uliyatini yanada oshirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash hamda hududdagi dolzarb muammolarni tizimli ravishda hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 10