Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 16-«Boqquduq» saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri B. Hamraqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Abduvohidov "Uzun" mahallasida bo‘lib, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish xizmatlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida aholiga sifatli va o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.