Murojaatda Obi-xayot QFYda tomorqa xo‘jaliklarini sug‘orish uchun ajratilayotgan oqova suv hajmi amaldagi ehtiyojlarga nisbatan kamligi, aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari cheklanib qolayotganligi, mazkur holatlar aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligiga hamda tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aytilgan
Hududida oqova suv limiti hajmini qayta ko‘rib chiqish va uni amaldagi ehtiyojlarga moslashtirish, suv ta’minoti tizimini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, aholi tomorqa xo‘jaliklari uchun barqaror suv ta’minotini ta’minlash choralar ko‘rishingizni va amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.