Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joriy yilning 15-iyulidan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi bugundan  boshlandi.
янв.21
2026–2027-yillarga moʻljallangan ulkan marralar: Qoʻshma majlisda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Maxmudov Aʻzam Alixodjayevichning “Yangihayot tumanida 2026-yil yakuni va 2027-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi” toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi.
янв.21
📌 Deputat nazorati: "Al-Fargʻoniy" MFYda "Tashabbusli budjet" loyihalari amalda
янв.21
6- Yangihayot saylov okrugi deputati D. Xursandova oʻz saylov okrugida navbatdagi fuqarolar qabulini oʻtkazdi.
янв.21
#24_ta_tavsiyaviy_savol
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyat mudiri, deputat X.Dadabayev “Toshkent” MFYda
янв.21
#Deputatlik_va_jamoatchilik_nazorati #Dastur_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun #Kotibiyat_hududlarda
янв.21
#Kotibiyat_hududlarda #Deputatlik_nazorati Kundalik rejaga asosan, aholidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan, xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyat mudiri, deputat X.Dadabayev boshchiligida deputat I.Xudaykulov bilan birgalikda   “Charogʻon” MFY hokim yordamchisi faoliyati yuzasidan oʻrganish ishlarini olib borildi.
янв.21
🚯 Deputat nazorati: Sholikor koʻchasidagi chiqindi maskanining ayanchli holati oʻrganildi
янв.21
#Sessiya_oldi_organish #doimiy_komissiya_faoliyati
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi


Tadbirkorlik faoliyati deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Arabova o‘z saylov okrugida faoliyat yuritayotgan, issiqxonada qulupnay (klubnika) yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahsulot yetishtirish jarayoni, yaratilgan sharoitlar, hosildorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish va ichki bozorni sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qilayotgan bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan yoritish va axborot bilan ta’minlash vazifalari Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mas’ul bosh mutaxassisi Z. Temirova tomonidan amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 4